Konferensiyasi haqida
- Farg‘ona politexnika instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Belarus milliy texnika universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Namangan muhandislik instituti va Qurilish, Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xoʻjaligi universiteti, Ege universiteti, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy tadqiqot instituti tomonidan “Innovatsion texnika va texnologiyalarning qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash tarmog‘idagi muammo va istiqbollari” xalqaro konferensiyasi tashkil etilmoqda.
Konferentsiya mavzulari:
Sho‘ba 1.
Qishloq xo‘jalik texnikalarida innovasion texnologiyalar, materialshunoslik va quyma detallari;
- Qishloq xo‘jalik texnikalari;
- Innovasion texnologiyalar;
- Mexanika;
- Materialshunoslik va muhandislik;
- Quymachilik;
- Materiallar;
Sho‘ba 2.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashda resurs tejamkor texnologiyalari va innovasion masalalari;
- Resurs turlari va manbalari;
- Gidravlika
- Energiya
- Elektrotexnologiya
- Suv ta’minoti
Sho‘ba 3.
Oziq-ovqat va agrotexnologiyalar tarmog‘i mashinalarda dizayn va innovasion texnologiyalari;
- Oziq-ovqat;
- Agrotexnologiyalar
- Mashinalar
- CAD/CAM/CAYe
- Agrokimyo
- Ekologiya
Sho‘ba 4.
Qishloq xo‘jalik mashina va mexanizmlarini loyihalash, mexatronika va robototexnika;
- Loyihalash
- Mexatronika
- Robototexnika
- Elektronika
- Elektron qurilmalar
Sho‘ba 5.
Transport, avtomobilsozlik, mashinasozlik va qishloq x’jaligi texnikalarida metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning o’rni;
- Transport
- Avtomobilsozlik
- Mashinasozlik
Sho‘ba 7.
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashda texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish va avtomatlashtirish;
- Matematika
- Fizika
- Modellashtirish
- Avtomatlashtirish
Sho‘ba 8.
Texnika fanlari ta’limida innovasion yondashuvlar, muamolar va yechimlari;
- Pedogogika
- Ta’lim
- Innovatsiya texnologiya
- Texnika fanlari Ped
Konferensiya a'zolari
| Qatnashuvchilar | Ma'lumotlar |
|---|---|
| Xamrakulov Zohidbek Abdusamadovich |
Vice - Rector for Science and Innovation, DSc, Fergana Polytechnic Institute E-mail: z.xamrakulov@ferpi.uz Phone: +998732414140 |
| Nazarmatov Ohunjon Sotvoldiyevich |
Dean of Mecanical Engineering, DcS, Fergana Polytechnic Institute Phone: +998 90 303 09 05 E-mail: a.nazarmatov@ferpi.uz |
| Xusanov Yunusali Yuldashaliyevich |
Head of the Department Applied of mecanical engineering, DcS, Fergana
Polytechnic Institute
Phone: +998 99 482-03-87 E-mail: y.xusanov@ferpi.uz |
| Xaydarova Ozodaxon Musojonovna |
Associate Professor of the Department
of Textile Industry Technology, PhD, NIET E-mail: Ozodamuso@gmail.com |
| Sobirjonov Tolibjon Mamasoliyevich |
Department of Engineering Communications Construction, PhD, Fergana Polytechnic Institute E-mail: talibjan_1956@mail.ru |
| Responsible for scientific and organizational issues (international): | |
| Nazarmatov Ohunjon Sotvoldiyevich |
Dean of Mecanical Engineering, DcS, Fergana Polytechnic Institute Phone: +998 90 303 09 05 E-mail: a.nazarmatov@ferpi.uz |
| Xusanov Yunusali Yuldashaliyevich |
Head of the Department Applied of mecanical engineering, DcS, Fergana
Polytechnic Institute
Phone: +998 99 482-03-87 E-mail: y.xusanov@ferpi.uz |
| QOMITA | |
|
Rais: Salomov Uktam Rahimovich |
Farg‘ona politexnika instituti rektori, professor, texnika fanlari doktori, Farg‘ona
politexnika instituti Telefon: +99873 241-12-06 E-mail: u.salomov@ferpi.uz |
|
Ilmiy rais:
Xusanov Yunisali Yuldashaliyevich |
Farg‘ona politexnika instituti muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi kafedrasi
mudiri, fan nomzodi |
Maqolalar dizayni va yozilishiga qo'yiladigan talablar:
Konferensiyaga o'zbek,rus va ingliz tilida yozilgan va belgilangan talablarga javob beradigan, tugallangan ilmiy maqolalar qabul qilinadi. Maqolalar original va konferensiya bo‘limlariga mos bo‘lishi kerak.
Tezislar elektron pochta orqali yuborilishi lozim (Word formatida fayl – birinchi muallifning familiyasi, masalan: «Anvarov.doc»). Anjuman qatnashchisining talabnomasi (zayavka)ni taqdim etish majburiy xisoblanadi. Tezis va talabnoma ikkita fayl qilinib, bitta xatda yuborilishi kerak.
Taqdim etilayotgan materiallar orginal nusxa tilida chop etiladi. Tezis hajmi 3-5 betgacha, IMRAD talabidagi maqolalar 5-10 betgacha.
Tezislar matni MS Word (*.docx) matn muharririda, shrift turi Times New Roman standartida, 14 shriftda A4 formatda rasmiylashtiriladi. Qog‘ozning hoshiyalaridagi o‘lchamlari: chapdan – 25 mm, o‘ngdan – 20 mm, yuqoridan – 25 mm va pastdan 20 mm. Satr boshi uchun 10 mm qoldiriladi. Matn eni bo‘yicha tekislangan (по ширине) bo‘lishi kerak. Qatorlar orasi 1,5 interval, sahifalar raqamlanmaydi.
Maqolaning nomi markazga qoraytirilgan shrift bilan yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning ostiga qator qoldirmasdan kichik xarflarda tashkilotning to‘liq nomi, shaxri, davlati yoziladi. Keyingi qator o‘tkazib yuboriladi va keyingi qatordan maqolaning matni yoziladi.
Manbalarga havola (ссылка)lar asosiy matn ichida [1] ko‘rinishda bo‘lishi lozim (namunaga qarang). Maqola va tezis matnidan kelib chiqqan holda, foydalanilgan adabiyotlar soni 20 tadan oshmasligi kerak.
Asosiy sanalar:
Anjumanda ishtirok etish uchun ilmiy maqolalar 2024-yilning 20-apreliga qadar qabul qilinadi
Anjumanning ishchi tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
Tashkiliy qo‘mita tomonidan materialni olgandan so‘ng, uch kun ichida muallifning elektron pochtasiga va telegram sahifasiga tasdiqlovchi xat yuboriladi.
Anjumanning tashkiliy badali va materiallar to‘plamining nashr xarajatlari bir tezis uchun 100 000 so‘m deb belgilangan (xorijiy ishtirokchilardan badal undirilmaydi).
Bitta ishtirokchi ko‘pi bilan 2 ta tezis taqdim etishi mumkin.
Tezislarni 2024-yilning 20-aprel sanasiga qadar conference.ferpi.tm@gmail.com elektron pochtasiga yoki @farpi_TM telegram manziliga yuborilishi lozim.
Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi, shu jumladan jurnalda bitta maqola chop etish (AQSh dollarida): |
Uzbek Authors | ForeignAuthors |
|---|---|---|
|
AIP konferentsiyasi materiallari
Scopus va Web of Science tomonidan indekslangan
Roʻyxatdan oʻtish yigʻimini toʻlash uchun bank rekvizitlari qabul qilingan maqola mualliflariga qogʻoz qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma bilan birga elektron pochta yoki telegram sahifasi orqali yuboriladi. |
160 € (euro) | 160 € (euro) |
|
|
||
|---|---|---|
|
Konferensiya tahriryat a’zolari tomondan tavsiya etilgan maqolalar Farg‘ona politexnika
instituti “Ilmiy-texnika jurnali” (ISSN 2181-7200) OAK jurnalida chop etish uchun:
Roʻyxatdan oʻtish yigʻimini toʻlash uchun bank rekvizitlari qabul qilingan maqola mualliflariga qogʻoz qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma bilan birga elektron pochta yoki telegram sahifasi orqali yuboriladi. |
100 000 (so'm) | 100 000 (so'm) |
Biz bilan bog'laning
Farg'ona politexnika instituti
Institut manzili: Farg‘ona, 150100, Farg‘ona ko‘chasi, 86, Farg‘ona politexnika instituti (FarPI).
ferpi_info@edu.uz
